Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Oqdaryo»da PROligada to‘p surish imkoniyati bor

Samarqand shahridagi «Dinamo» markaziy o‘yingohida viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan viloyat chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oqdaryoning «Oqdaryo» hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining «Do‘stlik-K» futbol jamoalari o‘zaro to‘p surishdi. O‘yinning asosiy vaqti durang (1:1) bilan yakunlandi. So‘ngra g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Ya’ni, oqdaryolik futbolchilar raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, 2019 yilgi viloyat chempionligini qo‘lga kiritdi. Endi «Oqdaryo» jamoasi 2020 yili O‘zbekiston chempionatining PROligasida to‘p surish imkoniyatini beruvchi «pulka» - o‘tish turnirida ishtirok etadigan bo‘ldi. Shuningdek, «Do‘stlik-K» ham viloyat kubogi sohibi sifatida mazkur turnirda ishtirok etadi.

Uchrashuvdan so‘ng viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan viloyat kubogi, xotin-qizlar, yoshlar hamda bolalar ligasi g‘oliblarini taqdirlash marosimida futbol faxriysi, taniqli suxandon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Axbor Imomxo‘jayev ishtirok etdi.

Dilmurod TO‘XTAYeV.