Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lganini ma’lum qildi

Bu haqda 12 iyul kuni RIA Novosti nashri ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ikkala tomondan ham halok bo‘lganlar mavjud. To‘qnashuv ikkala davlat chegara hududi – Tovuz tumanida bo‘lib o‘tgan. Rasmiy Boku Armaniston harbiylari Ozarbayjon armiyasini artilleriya bilan o‘qqa tutganini ta’kidladi.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon harbiylari orasidan 3 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangan.
O‘z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o‘zining Facebook sahifasida Ozarbayjon tomon artilleriya yordamida arman tayanch punktini qo‘lga kiritishga harakat qilganini ta’kidladi.