Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston bolalarning yashash sharoiti bo‘yicha reytingda Markaziy Osiyoda uchinchi bo‘ldi

O‘zbekiston End of Childhood Index reytingida Qozog‘iston va Turkmanistondan keyin 72-o‘rinni olgan. Save The Children jamg‘armasi tuzgan bu reytingda bolalarning yashash sharoiti qandayligi baholanadi, deb yozmoqda minbar.uz

Reyting tuzuvchilari ko‘proq bolalikning vaqtli tugab qolishiga e’tibor qaratgan. Ekspertlarning fikricha, bolalik asosan erta nikoh, bola o‘limi, bola mehnati yoki erta homiladorlik kabi sabablarga ko‘ra vaqtli tugashi mumkin.

O‘zbekiston 887 ball olgan va oldingi ko‘rsatkichidan (789) 98 ochko ko‘p to‘plagan. Bunga sabab sifatida Save The Children jamg‘armasi bolalar salomatligiga berilgan e’tiborni ko‘rsatgan. Shuningdek, bolalar mehnatiga barham berish ham 92 foiz yaxshilangani aytilgan.

2018 yilgi reytingda O‘zbekiston 884 ochko bilan 73-o‘rinni egallagan edi.

Qo‘shnilarimizdan Qozog‘iston 40-o‘rinda bo‘lsa, Turkmaniston 67-, Tojikiston 90-, Qirg‘iziston 94-o‘rinda qayd etilgan.