Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zbekiston havo yo‘llari" 15 yil ichida birinchi marta yangi liboslarni namoyish etdi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" uchuvchilar va kema ekipajlarining yangi liboslarini taqdim etdi. Samolyot ekipaji qiyofasidagi keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish bilan “Turkish Airlines” (partial), “Fly Dubai”, “Albania Airlines”, “Flynas” aviakompaniyalari bilan ishlagan Turkiyaning “Dress Best Uniforms” kompaniyasi shug‘ullandi.