Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pasport olishda davlat boji to‘lamaydigan shaxslar ro‘yxati tuziladi

O‘zbekistonda biometrik va xorijga chiqish pasporti olishda davlat boji to‘lamaydigan shaxslar ro‘yxati tuziladi.

Senatning 25-yalpi majlisida senatorlar "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunni muhokama qilishgan.

Bu qonunga ko‘ra:

✅ fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda;

✅ iqtisodiy sudlarda va ma’muriy sudlarda;

✅ notarial harakatlar amalga oshirilganda;

✅ fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda;

✅ O‘zbekiston fuqarosi biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishda;

✅ xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish va berishda;

✅ konsullik yig‘imini to‘lashda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi va ozod qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Darvoqe, xorijga chiqish pasportini olish uchun bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar bu yerda.