Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda temir yo‘l kesishmasidagi yo‘lakcha nega buzib tashlandi?

Bizning telegram botimizga quyidagi mazmunda murojaat kelib tushdi:

“Men Past Darg‘om tumani Charxin shaharchasi Tinchlik MFYda yashayman. Biz har kuni ish va o‘qish joyimizga yetib olishimiz uchun temir yo‘l ustidan o‘tishimiz kerak. 

Temir yo‘l chetida odamlar o‘tishi uchun darcha bor. Mana bir necha kundirki u yerda temir yo‘l kesishmasi ustidan yurib o‘tadigan yo‘lakcha buzib tashlangan. Bu haqda nazoratchi va temir yo‘l ta’mirlovchilarga bir necha bor og‘zaki murojaat qildik. Lekin foydasi bo‘lmadi. U yerdan homilador ayollar, yosh bolalar va boshqalar o‘tadi. Imkon bo‘lsa yordam qiling, yo‘lakchani tekislab qo‘yishsa”.

Ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi idora rahbarlaridan javob kutib qolamiz.