Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariq tumani hokimligi vakili bank xodimini kaltaklagan(mi)? Voqelikka oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida “Payariq tumani hokimligi vakili bank xodimini kaltakladi” sarlavhasi ostida xabar va unga ilova qilingan holat aks etgan video tarqaldi.

Xalq banki matbuot kotibi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

“Ushbu voqea 2019 yilning 19 oktyabr kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand viloyatining Payariq tumanida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni Xalq bankining Payariq filiali xodimi Ikrom Orolov o‘z ixtiyori bilan paxta hashariga chiqqan va tushdan keyin uyga qaytish uchun paxta maydonidan chiqib ketayotganda uni tuman hokimligi vakili to‘xtatib, ketish mumkin emasligini aytgan.

Bank xodimi dalada ichimlik suvi yo‘qligi, sal tobi qochayotganini aytib, ketmoqchi ekanligini aytgan.

Shundan so‘ng hokimlik vakili va bank xodimi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Vaziyatga hokim o‘rinbosari Otabek Abdullayev aralashib, bank xodimini sudray boshlagan, ularni atrofdagi fuqarolar ajratib, janjalni bartaraf etishgan.

Voqea bo‘yicha Xalq bankining Payariq filiali xodimi Ikrom Orolov hech kimga murojaat qilmagan va hozirda o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda".