Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqdagi bog‘chalarda bolalar go‘shtsiz ovqat yeydimi?

Payariqning To‘polos mahallasidagi 31-maktabgacha ta’lim tashkiloti 30 yildan beri moslashtirilgan binoda faoliyat yuritmoqda. Binoning qurilganiga yarim asrdan oshgan bo‘lib, dastlab ambulatoriya sifatida foydalanilgan. Keyinchalik bog‘chaga aylantirilgan.

Illyustrativ foto

Bino 10 ta kichik-kichik xonalardan iborat. “Ilk qadam” davlat dasturi asosida burchaklar qilingan, mebellar bilan jihozlangan, ammo bolalarning turli sport va boshqa o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun maxsus maydonchalar yo‘q.

-  2018 yilda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 40 ta yotoq mebeli va stol-stullar berildi, - deydi bog‘cha mudirasi Nodira Norbo‘tayeva. – Qish kelishi bilan xonalarimiz sovib ketadi. Uchta xonani pech yoqib isitamiz.

Oshxona ham kichikroq xonada joylashgan. Sinamalarni ko‘zdan kechirganimizda, bugungi taomnoma asosida qilingan ovqatlarda go‘sht yo‘qligi, o‘rniga tuxum berilayotgani guvohi bo‘ldik.

Mudiraning aytishicha, omborxona mudiri go‘sht olib kelishga ketgan. Savol tug‘iladi – mutasaddilar go‘sht tugaganini nahotki, shu kuni sezib qolishgan? Axir, oziq-ovqat zaxirasi avvaldan tayyorlab qo‘yilmaydimi?