Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pokistonda uyushtirilgan portlash oqibatida 6 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Eron bilan chegaradosh bo‘lgan hududda qo‘lda yasalgan portlovchi moddaning harakatga keltirilishi oqibatida Pokiston qurolli kuchlarining 6 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi mamlakat qurolli kuchlari general-mayori Babar Iftixar xabar berdi.

“Janubiy Belujiston chegara korpusi avtomobili qo‘lda yasalgan bombani masofadan turib harakatga keltirish oqibatida portlatilganidan so‘ng, bir nafar zobit va besh nafar askar qurbon bo‘ldi”, deb yozdi Iftixar o‘zining Tvitter sahifasida.

Pokiston QK bergan ma’lumotga ko‘ra, harbiy xizmatchilar Eron-Pokiston chegarasidan 14 kilometr uzoqlikdagi hududda olib borilgan patrul xizmatidan qaytayotgan bo‘lishgan.