Prezident avtomobillar narxi borasida fikrini bildirdi
- 13.03.2020 13:02
- 1816
- Dolzarb
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.
- Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir. Lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo, xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak, - dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakatimiz shu yo‘ldan borishini ta’kidladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
(Tuman)ga gazeta kerak
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yolg‘on yarmarkadan kimga naf?
- 1 soat avval
- Samarqand
Bilyard ustalari Samarqandda jam bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport