Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistondagi shifoxonaning bolalar onkologiyasi bo‘limida koronavirusdan kasallanganlar qayd etildi

Bishkek shahrining onkologiya va gematologiya milliy markazining bolalar bo‘limida koronavirus holatlari qayd etildi. Bu haqda 21 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev ma’lum qildi.

“Bishkekdagi onkologiya va gematologiya milliy markazining bolalar bo‘limida koronavirus holatlari qayd etildi. 120 nafar odam tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng ularning 14 nafari COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlandi”, ma’lum qildi Usenbayev.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar shifokor, ikki nafar hamshira, uch nafar onada va sakkiz nafar davolanayotgan yosh bolalarda kasallik aniqlangan.

“Infeksiya manbai taxminiy aniqlandi va keng ko‘lamli antiepidemiologik chora-tadbirlar ko‘rildi. Alohidalash amaliyotlari tashkil etildi va maxsus davolananishni boshlagan bolalar uchun alohida bo‘lim tayyorlandi. Kasallangan tibbiy xodimlar statsionar davolanishga yuboriladi”, deya ta’kidladi Nurbolot Usenbayev.