Qishga zaxira qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qanday saqlanyapti?
- 12.01.2021 21:55
- 178
- Samarqand
Ayni kunlarda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga doir chora-tadbirlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha Bosh prokurorning farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruhi a’zosi - Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Azimov, Samarqand viloyati prokurori R.Masharipov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Ro‘zmatov va viloyat ishchi guruhi a’zolari birgalikda viloyatda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ahvolini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

O‘rganishda zaxirada saqlanayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash ahvoli, yaratilgan shart-sharoitlar, korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtli hayot uchun besh qoida
- Bugun, 10:53
- Mutolaa