Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qobulda portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Qobulda portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek yuzdan ortiq jabrlanganlar haqida ma’lumot bor. Chorshanba kuni ertalab Afg‘oniston poytaxtining G‘arbiy qismida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Telekanalning “Tvitter” ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan suratda, binolar ustidan ko‘rinib turgan tutun uyumi aks ettirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil portlatilishidan maqsad, politsiya boshqarmalaridan birini yo‘q qilish bo‘lgan.  

Tolo News telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan voqeaning javobgarligini “Tolibon” radikal harakati o‘z zimmasiga oldi.