Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kobulda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 dan ortiq inson jabrlandi

Kobulda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 dan ortiq inson jabrlandi, sakkiz nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda Pajvak agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Dastlab Afg‘oniston sog‘liqni saqlash Vazirligi mansabdori Nizam ad – Din Jalil RIA Novostiga 13 nafar jabrlanganlar haqida ma’lumot bergandi.

Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, “Tolibon” ekstremistik guruhi portlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Oldinroq 1 TV telekanali Afg‘oniston Ichki Ishlar vazirligi vakili Rahimi Nasrat bergan ma’lumotga tayanib, portlash mahalliy vaqt bilan soat 10:10 da (10:40 Toshkent vaqti) sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi. Rahimi avtomobilga o‘rnatilgan portlatkich modda portlatilganligini va ushbu hudud politsiya tomonidan o‘rab olinganligini ta’kidladi.

Shuningdek, Tolo News telekanali Afg‘oniston IIV ma’lumotiga tayanib portlash oqibatida kamida 12 nafar avtomobilga moddiy zarar yetganligi haqida ma’lumot berdi.

Shash Darak hududida NATO shtab-kvartirasi, AQSh elchixonasi va hukumat binolari, xususan, mudofaa vazirligi joylashgan.