Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qobuldagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi

Qobuldagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi. Bu haqda TOLO News telekanali Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Yana 119 nafar kishi jarohat oldi. Ma’lum bo‘lishicha, yaralanganlar va jarohat olganlarning aksariyati tinch aholi vakillari.

Portlash kecha Green Village kompleksi yaqinida, bir qator xorijiy kompaniyalar qarshisida, PD9 hududida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bomba o‘rnatilgan mashina portlagan.

Tolibon jangarilari terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan, hujumning maqsadi chet el kuchlari bo‘lganini bildirgan.