Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘mondon Sardobada aholiga ko‘mak berayotgan harbiy xizmatchilarni taqdirladi

Sardobadagi suv toshqi oqibatlarini bartaraf etish va uylarni qisman ta’mirlash ishlarida Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, xususan, Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda. Okrug qo‘mondonligi bu ishda qatnashayotgan harbiy xizmatchilarni imkon qadar rag‘batlantirib bormoqda. Bu gal yana bir guruh harbiylar ana shu e’tibordan bahramand bo‘ldi.

– Sardobaliklarga yordam berish birinchi galda insoniylik burchimiz, – deydi mayor Sanjar Yo‘ldoshev. – Sinovli kunlarda armiya xalqqa yelkadosh bo‘lmoqda. Okrug qo‘mondonligi esa shu mehnatimizni ham e’tirof etib, rag‘batlantirayotgani ish unumdorligini oshiradi. 

Shu kuni harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar ham berildi.

  Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.