Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari xodimlarining maoshi oshadi
- 28.08.2019 12:02
- 322
- Ta’lim
“Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma’lum qildi.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab:
- rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida ta’lim texnologiyalari kafedralari tashkil etiladi;
- mazkur markazlarida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilanadi;
- mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantiriladi;
- pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kurslarda masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin;
- markaz xodimlari maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘l, ko‘z va qalb... yoki uch orzu
- 1 soat avval
- Mutolaa
Mutolaa: Sovg‘a (Hajviya)
- Kecha, 16:14
- Mutolaa
Alisher Navoiy qanday kasallikdan vafot etgan?
- 03/01, 18:58
- Madaniyat