Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi e’lon qilindi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari avvalo charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z navbatini kutishi kerak. Charter reys tashkil qilinganda elchixona xodimlari navbat bo‘yicha har bir fuqaro bilan bog‘lanadi.

Charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.
Fuqarolar charter reyslarga uch xil tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
1. Charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish orqali.
2. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari tomonidan tashkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga ma’lumot yuborish orqali:
@UzKoRusCharts1
@UzKoRusCharts2
@UzKoRusCharts3
@UzKoRusCharts4
@UzKoRusBot
3. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish orqali.
Call-markaz:
+7 499 230-00-76
+7 499 238-36-20
Konsullikning tezkor shtab raqamlari:
+79778061677
+79778061274
+79778061655
+79778061273

Telegram (https://t.me/UzKoRusCharts1)
Operativniy shtab
You can contact @uzkoruscharts1 right away.