Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyaga kirish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahri Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Xumo trans” aviakassa rahbari K.Ye. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiya Federatsiyasiga borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1450 AQSh dollarini olgan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan.

Ichki ishlar vazirligi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro K.Ye. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSh dollaridan, jami 94800 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.Ye.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.