Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sadoqat - oltin medal sohibi

Yaqinda Hindistonda 20 ga yaqin davlatning yosh sportchilari ishtirokida an’anaviy karate-do bo‘yicha ATKF OPEN kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Payariq tumanining Go‘zal mahallasida yashovchi 14 yoshli Sadoqat Shodiyeva ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Sadoqat Shodiyeva bu sport turi bilan sakkiz yildan buyon shug‘ullanib, viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayni paytda u “IDKF” yo‘nalishi bo‘yicha 1-dan qora belbog‘ sohibasi.

Sunnat MUHAMMEDOV.