Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat universitetida Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi

Samarqand davlat universitetida yurtimiz tarixida ilk marotaba xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim beriladigan Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.

Fakultetda quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

👉 Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi universitetlari;
👉 Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti;
👉 Isroilning Xolon texnologiya instituti;
👉 Hindistonning Aligarx Muslim universiteti;
👉 Germaniyaning Kiyel universiteti;
👉 Fransiyaning Injineriya maktabi;
👉 Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar va Sankt-Peterburg universitetlari.

✅ Fakultetda materialshunoslik, sanoat matematikasi, mexatronika va robototexnika, geografik axborot tizimlari va masofaviy zondlash, muhandislik, axborot texnologiyalari, tarix, maktabgacha ta’lim, psixologiya kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

✅ Bakalavriatning 1- va 2- bosiqichlari va magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar.

✅ Abituriyentlardan hujjatlar Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti binosining 1-qavatida qabul qilinmoqda.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 97 611 34 77, +998 97 391 27 16