Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Samarqand HETK» AJ elektr energiyasidagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi

Samarqanddagi ba’zi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ munosabat bildirdi.

Korxona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlarga 220/110/35/10 kV «Samarqand» podstansiyasida avtotransformatorning ta’mirga chiqarilishi munosabati bilan ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirilgani sabab bo‘lgan.

Shu bois 3 dekabr, seshanba kuni soat tungi 00:00 dan 04:00 gacha Samarqand, Oqdaryo, Past Darg‘om, Urgut, Payariq, Chelak va Toyloq tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu uzilishlarning Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasiga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Joriy rejimlarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalari shartnomada belgilangan miqdordagi elektr energiyani hududiy tarmoqlar chegarasigacha cheklanishlarsiz yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanligini ma’lum qiladi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.