Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand half marathon” loyihasi doirasida sport va madaniyat xayriya tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan tadbir tashkil etiladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 noyabr kuni soat 07.00 dan 14.00 gacha Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

- Registon ko‘chasidagi “Non bozori” oldidan Universitet xiyobonigacha;

- Dahbet ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha;

- Bog‘imaydon ko‘chasining Dahbet ko‘chasi bilan tutashmasidan Qo‘shhovuz ko‘chasigacha;

- Qo‘shhovuz ko‘chasining Chorraha ko‘chasi bilan tutashmasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

- Imom Buxoriy ko‘chasining Dahbet ko‘chasi bilan tutashmasidan Shohizinda ko‘chasigacha;

- Maroqand ko‘chasining Imom Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha;

- Chorraha ko‘chasining Dahbet ko‘chasi bilan tutashmasidan Bibixonim ko‘chasigacha;

- Ruhobod ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha;

- Universitet xiyoboni ko‘chasida;

- G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha;

- Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasigacha;

- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;

- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Abdurahmon Jomiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha;

- Ibn Sino ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yo‘l ko‘chasigacha;

- Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan “Hazrati Xizr” masjidigacha;

- Islom Karimov ko‘chasining “Hazrati Xizr” masjididan Shohizinda ko‘chasigacha;

- Shohizinda ko‘chasining “Siyob dehqon bozori”dan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Hurmatli haydovchilar, ko‘chalarning yopilishi munosabati bilan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda harakatlanish mobaynida o‘zaro hurmatda bo‘lishlaringizni so‘raymiz.

 

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.