Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida uchta qo‘shni uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 23 dekabr kuni 14 dan 55 daqiqa o‘tganda Samarqand viloyati Samarqand tumani, Bo‘zi MFYda joylashga 3 ta qo‘shni uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 9 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in qurshab olingan va 16:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida fuqaro A.Q. uyining 70 kvadrat metr maydonida hamda ikki qo‘shnisi fuqarolar A.T. va N.T uylarining 60 va 20 kvadrat metr maydonida tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inning qo‘shni binolariga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi fuqaro A.T.ning uyidagi elektr simlari qisqa tutashuvidan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.