Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 10 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi

2020 yil 19 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 634 (+256) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Xorazm viloyatida, 15 nafari Jizzax viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, O‘rtachirchiq tumanida yashagan 60 yoshli T.T. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli R.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 46 645 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 566 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.