Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda baxshichilik maktablari bormi?

- Bu yil Boysunda o‘tkazilgan Baxshichilik festivalida 5 yashar bolaning xalq og‘zaki ijodini kuylayotgani e’tiborimni tortdi. 7 yashar o‘g‘limning shu yo‘nalishda tahsil olishi uchun viloyatimizda baxshichilik maktablari faoliyat yuritadimi?

Nargiza HOSHIMOVA,

Jomboy tumani.

- Hozirda baxshichilikni rivojlantirish maqsadida Narpay Qo‘shrabot, Bulung‘ur, Past Darg‘om va Nurobod tumanlaridagi bolalar musiqa va san’at maktablarida baxshichilik yo‘nalishi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 40 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Agar siz Jomboy tumanida yashasangiz, farzandingizni o‘zingizga yaqin hudud – Bulung‘urdagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabiga olib borishingiz mumkin.

Xo‘jaqul MUHAMMADIYEV,

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i.