Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi

Samarqand shahrida 22-23 noyabr kunlari “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va “Made in Samarkand” mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Forumda 30 ta mamlakatdan 200 dan ortiq investorlar, hukumat a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, chet el korxonalari, xalqaro moliya institutlari, savdo-sanoat palatalari, bank, turistik tashkilotlar, diplomatik vakolatxona vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirning dastlabki kuni ishtirokchilar viloyatdagi "Pure Milky", "Agro-Mir", "SAG" gilamlari va boshqa yirik korxonalarning faoliyati, shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishadi.

Forum doirasida tadbirkorlikka doir muhokamalar, uchrashuvlar, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning «Made in Samarkand» mavzusidagi ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.