Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda karantin cheklovini buzib, IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

2020 yil 5 aprel kuni Samarqand shahar “Nurli kelajak” mahallasi hududida joylashgan “Dehqon bozori” atrofida karantin talablariga rioya etmay, maqsadsiz yurgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha xizmatga jalb etilgan IIB xodimlari 2001 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumani Turkman qishlog‘ida yashovchi B.Q. o‘zining “Damas” rusumli, 30 M 460 RA davlat raqam belgili avtomashinasini maqsadsiz boshqarib yurganligi aniqlanib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beradigan hujjatlarni taqdim etishini so‘rashadi. Tegishli hujjatlar yo‘qligi sababli B.Q. xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, avtomashinasini harakatga keltirib, voqea joyidan qochib ketadi.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida huquqbuzar qo‘lga olinib, unga nisbatan tegishli moddalar bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan B.Q. MJtKning 54-moddasi 1-qismi va 194-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 (besh) sutka “ma’muriy qamoq” jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.