Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi mudhish YTHda “Matiz” old oynasidan chiqib ketgan yo‘lovchi vafot etgan (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yuz bergan dahshatli YTH videosi tarqalmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, voqea 10 sentyabr kuni taxminan soat 7.30 larda Ibn Sino ko‘chasida yuz bergan.

"Neksiya 3" avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan "Neksiya" avtomashinasiga (taksi) urilib ketgan. Kuchli zarb natijasida "Neksiya 3" avtomashinasi qarama qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan "Matiz" (taksi) avtomashinasi bilan to‘qnash kelgan.

YTH oqibatida “Matiz” avtomashinasidagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.