Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ShHT Sammiti o‘tkazilishi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yilda Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorda:

- Tadbir doirasida Samarqand shahrini obodonlashtirish ishlariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 million AQSh dollari kredit mablag‘lari jalb qilinishi;

- Mazkur pullar Samarqand shahrining ichki yo‘llari (ko‘chalari) holatini yaxshilash, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun sarflanishi;

- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishiga viloyat hokimligi mas’ul ekanligi belgilandi.