Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda sport va madaniyat xayriya tadbirlari o‘tkaziladi

Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand half marathon” loyihasi doirasida sport va madaniyat xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Ayni paytda viloyat hokimi E.Turdimov tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq mazkur marafonga qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Uch kunlik tadbirlar davomida tasviriy san’at asarlarining taktil (qo‘l bilan ushlab his qilish mumkin bo‘lgan) ko‘rgazmasi, shuningdek, “Beat Films” kinofestivali bilan hamkorlikda hujjatli kinofilmlar namoyishi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, inklyuzivlik mavzusiga bag‘ishlangan bir qator ta’lim tadbirlari ham bo‘lib o‘tadi.