Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda sudyalar maydonda kuch sinashdi

Mustaqillik bayrami oldidan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlari xodimlari o‘rtasida sudning kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Samarqand viloyat futbol federatsiyasi hamkorligida “Mustaqillik kubogi - 2019” futbol musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zaro hurmat, tenglik tamoyillari va professional futbol qoidalari asosida o‘tgan musobaqada jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Bulung‘ur tumani sudi jamoasi ikkinchi, viloyat va Oqdaryo tumani sudlari jamoalari uchinchi o‘rinni egalladilar.

Musobaqada “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Musobaqa to‘purari” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Samarqand viloyat sudi.