Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda «Zapravka» nega yonib ketdi?

Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi 5 manzilda joylashgan «Avtogaz-Invest» oilaviy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz va avtobenzin yoqilg‘isi quyish shaxobchasida 12 avgust kuni yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in to‘g‘risida Samarqand shahar IIB markaz navbatchisi tomonidan soat 17:26 larda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBning KVB va MM ga uzatilgan.

Tabiiy ofatni jilovlash uchun 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari va 2 ta «Kamaz» rusumidagi suv tashuvchi yordamchi ekipajlar jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 17:30 da yong‘in joyiga yetib borib, 10 minutda o‘rab olgan va 20 minutda bartaraf qilgan.

Yong‘in natijasida 2 ta gaz quyish kolonkasi, 1 ta avtobenzin quyish kolonkasi, 200 metr kvadrat yoqilg‘i quyish ayvonining shifti, shiferli tomi, binoning oldi qismi operator va xizmat xonalari, deraza romlari hamda operator xonasidagi jihozlar qisman yongan.

Yong‘inni o‘chirish ekipajlari tomonidan AGQSh va AYoQShning yoqilg‘i sig‘imlariga yong‘in tarqalishining oldi olinib, saqlanayotgan yoqilg‘i va gaz mahsulotlari yonib ketishining oldi olingan.

«Neksiya» rusumli davlat raqami 01 F 135 YA bo‘lgan avtomobilga benzin quyish vaqtida texnologik jarayonlarning buzilish sababli yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

Sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida fuqarolar jabrlanmagan.

O.Salimov,

Samarqand shahar FVB YoXB inspektori, leytenant.