Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi muzeylarda 235 mingdan ortiq nodir va tarixiy ashyolar saqlanadi. Bu yil ularga qancha tomoshabin kirdi?

Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi muzeylarda 235 ming 471 ta nodir va tarixiy muzey ashyolari mavjud.

2018-2019 yil davomida muzey-qo‘riqxona tizimidagi muzeylar va tarixiy obidalarga 2 million 540 ming 287 nafar tomoshabin tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 2 million 277 ming 741 nafari mahalliy aholi hamda 262 ming 546 nafari  xorijiy sayyohlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 703 ming 943 nafar o‘quvchi va talaba hamda ularga hamrohlik qiluvchilar muzey va tarixiy obidalarga bepul tashrif buyurgan.