Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga 71 ming 141 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Joriy yilning 14 iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizdagi 9 ta oliy ta’lim muassasasi bakalavr ta’lim yo‘nalishida (kunduzgi) tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan yigit-qizlar soni 71 ming 141 taga yetdi.

Jumladan:

1. Samarqand davlat universitetiga 39 ming 267 nafar;

2. Samarqand davlat tibbiyot institutiga 9841 nafar;

3. Samarqand davlat chet tillar institutiga 5810 nafar;

4. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 5224 nafar;

5. Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 3257 nafar;

6. Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga 3729 nafar;

7. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga 1775 nafar;

8. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 1319 nafar;

9. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga 925 nafar abituriyent o‘qish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 2019-2020 o‘quv yili uchun mazkur ta’lim shakliga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlanadi.