Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning turizm salohiyati “Beijing expo 2019” ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida “Beijing Expo 2019” ko‘rgazmasida Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan stendda Samarqandning turizm salohiyati namoyish etilmoqda. Xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurgan minglab ishtirokchilar Samarqandga katta qiziqish bildirib, albatta madaniyatlar markazi hisoblanmish bu diyorga sayohatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ishtirok etayotgan turistik shaharlar vakillari bilan turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan tajriba almashinib, Samarqandning tarixiy-madaniy meros ob’yektlari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallar tashrif buyuruvchilarga taqdim etilmoqda.

Samarqand viloyati turizmni

rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.