Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq to‘lovchining bankdagi hisobi qanday hollarda to‘xtatib turiladi?

Savol: Davlat soliq xizmati organi qaysi hollarda soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga haqli?

Javob: Davlat soliq xizmati organi:

soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda;

soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda  to‘xtatib turishga haqli.

Bundan tashqari, davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turishga ham haqli.

Samarqand viloyati davlat soliq

Boshqarmasi axborot xizmati.