Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tabiiy gazdan 2 mln. 142 ming so‘m qarzdorlik topildi – ayol undan qutulishning yangicha usulini qo‘lladi

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi va shahar gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan fuqaro Malika Abdurahmonovaga tegishli bo‘lgan Samarqand shahri Qozizoda Rumiy ko‘chasida joylashgan oshxonada tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu oshxonaning tabiiy gazdan 2 mln. 142 ming so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan. Qarzdorlik bo‘yicha hududga biriktirilgan davlat inspektori belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirgan. Ushbu dalolatnomani iste’molchiga tanishtirish va imzolash uchun taqdim qilayotgan vaqtida M.Abdurahmonova Majburiy ijro byurosining qat’iy hisobida turuvchi raqamli dalolatnomasini davlat inspektori Sh.Qarshiyevning qo‘lidan tortib olgan. Qasddan dalolatnomani yoqib yuborgan va shu yo‘l bilan nobud qilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Abduraxmonovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi.