Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanzila Norboyeva Jenevada yetakchi tashkilotlar bilan muzokara o‘tkazadi

Shu kunlarda Senat Raisi Tanzila Norboyeva amaliy tashrif bilan Jeneva shahrida bo‘lib turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida va mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi etib saylanganligi munosabati bilan yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish Senat Raisining tashrifi dasturidan o‘rin olgan.

"Tashrif tafsilotlari qo‘shimcha ravishda yoritiladi", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabarida.