Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ta’til vaqtida tanlovlar ham onlayn

Hozir yurtimizda talabalarga ta’tilda. Bu paytda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan institutning rasmiy telegram messendjeri orqali bir nechta loyihalar yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, @samdaqi_yoshlari kanalida ilk marta #online_insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov “Mangu da’vat: irodadan kuchli emas hech bir dard...” mavzusi ostida o‘tkazilgan bo‘lib 2 soat oralig‘ida 48 ta elektron insho kelib tushdi.

Institutning “Zakovat” intellektual o‘yini “Bunyodkor” terma jamoasi tomonidan @samdaqi_zakovat kanali o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ushbu kanal hozirda Samarqand viloyati, qolaversa, respublikamizning turli viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalardan tashkil topgan 58 jamoani o‘zida birlashtira oldi. Turnir qizg‘in davom etmoqda.

Institut ma’muriyati bu gal talabalar o‘rtasida #online_plakatlar tanlovini o‘tkazishni rejalashtirgan.

SamDAQI axborot xizmati.