Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Taxtaqoracha” dovoni qordan tozalanib, muzlamaga qarshi qum, tuz aralashmasi sepildi

Joriy yilning 21 yanvar kunidan 22 yanvar kuniga o‘tar kechasi, Samarqand viloyatining Urgut tumanidan Qashqadaryo viloyatiga o‘tuvchi, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan qismi (1120-1135 kilometr)da qalin qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlama hosil bo‘lganligi, yo‘lning 1132-1135 kilometrlarida qatnov qismidagi qorning qalinligi 15-20 santimetrni tashkil etayotganligi sababli avtotransport vositalarining harakatlanishi 22 yanvar kuni soat 11.00 da vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Yo‘llarning qatnov qismi qordan tozalanib, muzlamaga qarshi qum, tuz aralashmasi sepilib yo‘llar tozalandi. Shundan so‘ng soat 15:30 larda transport harakati ochildi.

"Haydovchilardan transport vositasini boshqarish chog‘ida hushyor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz", deyilgan Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabarida.