Avtomobil "fara"larini kunduzi yoqib yurishga oid qaror bekor qilindi
Joriy yilning 17 dekabr sanasida keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:
- transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
- yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
- bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
- xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
- mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
- mototsikl va mopedlarda.
Ushbu talablar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi.