“Taxtaqoracha” dovonida qor va muzlamalarni tozalash uchun maxsus texnikalar jalb etildi
Qashqadaryo viloyatining Kitob va Samarqand viloyatining Urgut tumanlarini bog‘lovchi tog‘li hududlarda qalin qor yog‘ayotganligi, yo‘lda ko‘rish masofasi cheklanganligi, quyuq tuman tushishi hamda yo‘lning qatnov qismi muzlashi munosabati bilan 2020 yil 06 yanvar kuni M-39, “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan qismida transport vositalarining qatnovi yana vaqtincha to‘xtatildi.
Avtomobil yo‘lini qor va muzlamalardan tozalash uchun maxsus texnikalar va xodimlar jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xildagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida barcha harakat ishtirokchilarini yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baxolashlarini hamda ushbu yo‘nalishlarda vaqtinchalik harakatlanmasliklarini so‘ragan.
Dovon yo‘lining ochilganligi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyilgan IIV YHXBB axborot xizmati.