Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, joriy yilning 31 may kuni noma’lum shaxs soat 10:00 da avval telefon orqali tanishgan 37 yoshli Z.T. bilan uchrashish uchun Yaypan shahar markaziga kelib, guyoki, o‘zining yashash uyini Z.T.ga ko‘rsatishni aytib, xilvat joyga olib borib, qo‘llari bilan Z.T.ning tanasiga urib, qulog‘idagi bahosi 2.100.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan sirg‘alarini ochiqdan-ochiq olib qo‘ygan va hodisa joyidan yashiringan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 27 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, Z.T.ga tegishli 2 dona tilla sirg‘alar o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi  2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.