Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tergovchiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Kecha, 3 fevral kuni Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Unda o‘zining ish yurituvida Kasbi tumani Xo‘jahayron mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro S.X.ning uyida qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib, paxta chigitidan yog‘ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini, tekshiruv jarayonida S.X. undan o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishini so‘rab, evaziga jami 6 million so‘m miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bildirgiga asosan kecha soat 21:35 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7,5 million so‘m va 200 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Tergov departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.