Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent yaqinida olib qochilgan avtomashina postda ushlandi

Joriy yilning 3 sentyabr kuni noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Qibray tumanida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “VAZ-21011” rusumli avtomashinani haydab qochganligi haqida navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina Qibray tumanidagi postda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, ushbu jinoyatni Chingeldi MFYda yashovchi 21 yoshli Yu.B.sodir etganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.