Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda maishiy janjal oqibatida qotillik sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkentda maishiy janjal oqibatida kelib chiqqan qotillik haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, 8 oktyabr kuni soat 18:30 larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) o‘zining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtasida o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, u oshxona pichog‘i bilan I.K.ning bo‘yin qismiga bir necha marotaba pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.