Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda “OPEL” rusumli atomashina yonib ketdi

Kecha, 7 oktyabr kuni soat 12:46 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Matonat mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi 38-A-uy ro‘parasida harakatlanib ketayotgan fuqaro Yu.V. boshqaruvidagi “OPEL” rusumli atomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida fuqaro Yu.V.ga tegishli bo‘lgan “OPEL” rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasining xabar berishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.