Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Tracker” va “Malibu” avtomobillarini uydan chiqmasdan foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilishingiz mumkin

“UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga “Chevrolet Malibu 1,5” hamda “Tracker AT” avtomobillarini muddatli to‘lov shartlari asosida uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilishni taklif qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Agar Sizda ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda bo‘lib to‘lash imkoni bor.

Buning uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya, ular sizga ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Bundan tashqari, to‘lov amalga oshirilgach, dilerlar avtomobilingizni uyingizga yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning quyidagi havolada ko‘rsatilgan raqamlari orqali http://uzautomotors.com/dillers/cat/1 rasmiy dilerlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiya mamlakatimizda epidemiologik vaziyat yaxshilanguniga qadar faqat jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.