Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Traktor tirkamasining ag‘anab ketishi oqibatida jarohat olgan uchinchi ayol ham vafot etdi

Xabaringiz bor, 12 may kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida yo‘l loy bo‘lganligi sababli traktorning orqa tomonida bo‘lgan tirkamalari sirpanib, zovur ichiga ag‘anab ketgani haqida xabar bergan edik.

Traktor tirkamasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 34 yoshli O.I. va 33 yoshli Sh.P. og‘ir tan jarohati olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Bundan tashqari ushbu tirkamada bo‘lgan fuqaro - 38 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan Romitan tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan edi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilgan ayol muolajalarga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.